Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Maradonani davolagan shifokorlar 25 yilgacha qamalishi mumkin

Maradonani davolagan shifokorlar 25 yilgacha qamalishi mumkin

Argentina futboli afsonasi Diyego Maradonaning so‘nggi kunlarida unga g‘amxo‘rlik qilgan sakkizta tibbiyot xodimidan yetti nafari qotillik va uning o‘limiga jinoiy ehtiyotsizlikda ayblanib, seshanba kuni sudga keltirildi, deb xabar beradi BBC.

Maradona 2020 yilning 25 noyabrida 60 yoshida vafot etdi. Bundan biroz oldin u miyasidagi qon trombini olib tashlash uchun operasiya qilingan edi. Shuningdek, u spirtli ichimliklar va giyohvandlikdan davolanganligi ma’lum.

Prokuratura futbolchining o‘limidan ko‘p o‘tmay shifokorlar va hamshiralar ustidan tergovni boshlagan. 2021 yilda Maradonaning o‘limi holatlarini o‘rgangan 20 nafar ekspertdan iborat komissiya tibbiy guruhning harakatlarini “nomaqbul, noadekvat va mas’uliyatsiz” deb topdi. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, (va sud ham ta’kidladi) agar afsonaviy futbolchi tegishli tibbiy muassasada to‘g‘ri davolanganida (Maradona uyida vafot etgan - BBC) "omon qolish imkoniyati yuqoriroq bo‘lardi".

Ayblanuvchilar orasida Maradonaning neyroxirurgi Leopoldo Luke (u ham uning shaxsiy shifokori edi), psixiatr va hamshiralar bor. Ularning barchasi futbolchining o‘limida o‘z ayblarini inkor etishmoqda.

Ayblanuvchilar o‘z qilmishlari o‘limga olib kelishini bilgan holda qotillikda aybdor deb topilsa, sakkiz yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Diyego Maradona futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri sanaladi. FIFA rasmiy saytida o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, u XX asrning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

1986 yilgi jahon chempionatida u Argentina terma jamoasi sardori bo‘lgan va aynan o‘shanda Angliyaga qarshi chorak finalda o‘zining badnom golini qo‘li bilan urgan va bu golni keyinchalik "Xudoning qo‘li" deb ta’riflagan.

Faoliyatining ikkinchi yarmida Maradona kokainga qaramlikdan aziyat chekdi va 1991 yilda preparat uchun test ijobiy natija berganidan keyin 15 oyga diskvalifikasiya qilindi.

Maradonaning o‘limi Argentinani COVID-19 pandemiyasi davrida motamga olib keldi.

"Boka Xuniors" va "Napoli"ning sobiq hujumchisining tobuti prezident saroyiga qo‘yilayotgan paytda u bilan xayrlashish uchun o‘n minglab odamlar saf tortdilar.

Buenos-Ayresning chekkasidagi San-Isidrodagi sudda yuzdan ortiq guvohlar, jumladan Maradonaning oila a’zolari va uni yillar davomida davolagan shifokorlar guvohlik beradi.

Tinglovlar iyulgacha davom etishi kutilmoqda.

Kiritildi: 10:23 13.03.2025. O'qildi: 1265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!