Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Manhettendagi otishmani amalga oshirgan shaxs aslida Milliy futbol ligasi (NFL) ofisiga hujum qilmoqchi bo‘lgan

Manhettendagi otishmani amalga oshirgan shaxs aslida Milliy futbol ligasi (NFL) ofisiga hujum qilmoqchi bo‘lgan

Bu haqda Nyu-York meri Erik Adams ma’lum qildi.

Merning so‘zlariga ko‘ra, Sheyn Tamura boshqa liftga chiqqani sababli Rudin Managgament kompaniyasi ofisiga borib qolgan va o‘sha yerda otishma uyushtirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, otishmani amalga oshirgan shaxs yoshligida amerikacha futbol bilan shug‘ullangan.

"Tamuraning yonidan xat topilgan topilgan. Xatda u o‘zida XTE (xronik travmatik ensefalopatiya) — sport turlari bilan shug‘ullanganlarda ko‘p uchraydigan miya jarohati borligiga ishonishini yozgan. Aftidan, u o‘z jarohatida NFL'ni ayblagan", — deya merning so‘zlarini keltiradi Reuters.

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Tamura 4 kishini otib tashlagan, keyin esa o‘z joniga qasd qilgan.

Kiritildi: 21:22 29.07.2025. O'qildi: 927 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!