«Manchester Yunayted» kelayotgan yozda «kutilmagan» transferni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Indykaila News nashri o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, tayyorlanayotgan xarid loyihasi «Elit brend» deb nomlangan. U ayni damda yuqori darajadagi o‘yin namoyish etayotgan futbolchini jamoaga jalb qilishga qaratilgan.
Ta’kidlanishicha, ushbu transfer orqali «qizil iblislar» «futbol olamini uyg‘otmoqchi».
Angliya chempionatining 29 turidan so‘ng «Manchester Yunayted» 51 ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinni egallab turibdi. 30-turda mankunianliklar «Aston Villa» bilan to‘qnash kelishadi. O‘yin yakshanba kuni, 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.