«Manchester Yunayted» va «Lids Yunayted» o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi va unda tomonlar nursiz durangga imzo chekdi.
Ma’lumot uchun, «qizil iblislar» navbatdagi nazorat o‘yinini 27 iyul kuni «Vest Xem»ga qarshi o‘tkazadi, «tovuslar» esa 2 avgust kuni «Vilyarreal»ga qarshi bahs olib boradi.
O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» 42 ochko bilan APL turnir jadvalida 15-o‘rinni egalladi. «Lids» esa Chempionshipda g‘alaba qozonib, Premer-ligaga yo‘llanma oldi.