"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorimdan transfer bo‘yicha ko‘rsatmalar oldi. Portugaliyalik mutaxassis 2025 yilda jamoani 3 nafar futbolchi bilan kuchaytirmoqchi, deya xabar beradi Teamtalk.
Manba bergan xabarga ko‘ra, "qizil iblislar" bosh murabbiyi uchun nomzodlar ro‘yxatida uchta nom bor. Amorim mankunianliklar safida hujumchi Viktor Osimxen, himoyachi Ronald Arauxo va vinger Tayler Diblingni ko‘rmoqchi. Bu trioni olib kelish "MYu"ga 200 million yevroga tushishi mumkin.