Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi klubni sudga berdi

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi klubni sudga berdi

"Manchester Yunayted" sobiq qanot himoyachisi, hozirda "Byornli" sharafini himoya qilayotgan Aksel Tuanzebe o‘zining sobiq klubiga qarshi Oliy sudga da’vo arizasi kiritdi.

Manbaga ko‘ra, u MYuni tibbiy maslahat tufayli e’tiborsizlikda ayblamoqda. Bu qanday konsultasiya bo‘lgani hozircha noma’lum.

Kongo DR terma jamoasining 27 yoshli futbolchisi jarohatlar tufayli "Yunayted" safida bor-yo‘g‘i 37 o‘yinda maydonga tushgan. U 2017 yilning yanvarida asosiy tarkibda debyut qilgan va 2023 yilning sentyabrida "Ipsvich"ga qo‘shilgan.

Tuanzebe "Manchester Yunayted"dagi faoliyati davomida ijara asosida "Aston Villa, "Napoli" va "Stok Siti" jamoalarida o‘ynagan. U o‘tgan oy erkin agent sifatida "Byornli"ga o‘tgandi.

Kiritildi: 22:47 15.07.2025. O'qildi: 306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!