Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Manchester Yunayted"ni 5 nafar futbolchi tark etmoqchi

"Manchester Yunayted"ni 5 nafar futbolchi tark etmoqchi

"Manchester Yunayted"ning besh nafar futbolchisi klubga yozgi transfer oynasida ketish istagini bildirgan. Ushbu futbolchilar ro‘yxatidan Markus Reshford, Antoni, Alexandro Garnacho, Tirell Malasia va Jeydon Sancho o‘rin olgan.

Nufuzli insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda "Manchester Yunayted" ushbu futbolchilarning klubga qaytish sanasini iyul oyi oxiriga qoldirgani haqida yozdi. Bu futbolchilarga kelajakdagi variantlarni o‘rganish uchun vaqt beradi.

Reshford, Antoni, Malasia va Sancho 2024/2025 yilgi mavsumning ikkinchi qismida boshqa jamoalarda ijara asosida o‘ynashdi.

Tez orada "Manchester Yunayted" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.

Kiritildi: 20:34 04.07.2025. O'qildi: 923 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!