Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

“Manchester Yunayted” ikki yulduzdan voz kechadigan bo‘ldi

“Manchester Yunayted” ikki yulduzdan voz kechadigan bo‘ldi

“Manchester Yunayted” rahbariyati tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Manchesterliklar katta umidlar bilan “Real”da ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan Rafael Varan va Kazemironi olib kelgan edi. Biroq bu transferlar kutilgan darajada o‘zini oqlamadi.

Klubning aksiyalarini sotib olgan ser Jim Retkliff transfer siyosatini o‘zgartirdi. Endi yangi ijrochilar uchun jamoadan joy ochiladi.

Varan va Kazemiro eng katta maosh olayotgan o‘yinchilardan hisoblanadi. Lekin ular olayotgan pullarini oqlay olmayapti. Har ikki futbolchi ham “Real”da ko‘rsatgan o‘yinlaridan ancha past darajada to‘p tepmoqda.

Manchesterliklar yozda shartnomasi tugaydigan 30 yoshli Varanga yangi taklif bermaslikka qaror qildi. 32 yoshli Kazemiro esa, Saudiya Arabistoni klublaridan biriga sotib yuboriladi.

Kiritildi: 14:23 16.04.2024. O'qildi: 774 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!