Bugun 24 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

"Manchester Yunayted" endi chempionlik uchun tarkib tuzishga urinmayotgan klubga aylandi"

"Manchester Yunayted" endi chempionlik uchun tarkib tuzishga urinmayotgan klubga aylandi"

Pol Skoulz «Manchester Yunayted» klubining transfer siyosati tanqid qildi.

«Buni aytish alamli, ammo «Manchester Yunayted» endi chempionlik uchun tarkib tuzishga urinmayotgan klubga aylandi.

Santos, Baleba — ular ehtimol avvalgi o‘yinchilardan jismonan kuchliroq bo‘lgan futbolchilarni olib kelishdi. Santos «Chelsi» safida 11 ta o‘yin o‘tkazdi va uning uchun 50 million funt to‘landi. Ammo hozir u asosiy tarkibga kira olmayapti. Baleba qandaydir yordam berishi mumkin. Lekin mavsum boshida «Manchester Yunayted» uchun o‘yinchilar tanlayotgan bo‘lsangiz, chempionlik uchun kurasha oladi deb hisoblagan futbolchilarni olib kelishingiz kerak»

Skoulzning fikricha, Maykl Kerrik ham yozdagi transferlardan ko‘ngli qolgan bo‘lishi mumkin.

«Maykl o‘tgan mavsumda juda yaxshi ish qildi. U uchun eng muhim davr — mavsum boshi. Aynan shu o‘yinlar orqali o‘zingizni ko‘rsatib, qolgan mavsum uchun poydevor qo‘yasiz».

Kiritildi: 14:52 23.09.2026. O'qildi: 748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!