"Barselona" xavbeki Fermin Lopes "Manchester Yunayted" e’tiborida bo‘lib turibdi.
Jurnalist Sebastyen Vidalning ta’kidlashicha, ingliz grandi 22 yoshli futbolchi uchun "ko‘k-anorranglilar"ga taxminan 80 million yevro taklif qilgan. Manbaga ko‘ra, moliyaviy qiyinchiliklar fonida "Barselona"ga bunday taklifni e’tiborsiz qoldirish oson emas, garchi Lopesning o‘zi hali kelajagi borasida bir qarorga kelmagan bo‘lsa-da.
O‘tgan mavsumda kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi barcha turnirlar hisobida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.