Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

"Manchester Siti" yulduzi boshqa jamoadan taklif kutmoqda

"Manchester Siti" yulduzi boshqa jamoadan taklif kutmoqda

Jek Grilish "Manchester Siti" bazasida yakka o‘zi mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.

29 yoshli vinger yozda boshqa jamoaga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun "shaharliklar"ning klublar o‘rtasidagi jahon chempionati qaydnomasiga kiritilmadi.

Hozirda Grilish formasini tiklash uchun shaxsiy murabbiy bilan yakka tartibda ishlamoqda. Asosiy guruh 28 iyul kuni mashg‘ulotlarga qaytadi.

Grilish kamida jamoa qaytguniga qadar klub bazasida alohida shug‘ullanadi va takliflarni kutadi.

Angliyalik futbolchi APLning o‘tgan mavsumida 20 ta o‘yinda 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:46 18.07.2025. O'qildi: 481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!