Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

«Manchester Siti» «PSJ»ga 30 million yevrolik taklif tayyorladi

«Manchester Siti» «PSJ»ga 30 million yevrolik taklif tayyorladi

"Manchester Siti" Janluidji Donnarumma transferi ustida ishlashda davom etmoqda.

Ingliz klubi 26 yoshli darvozabon uchun "PSJ"ga 30 million yevro atrofida pul to‘lashga tayyor, deya xabar bermoqda jurnalist Alfredo Pedulla. Ushbu summa bitim tuzish uchun yetarli bo‘lishi kerak deb hisoblanadi.

Tomonlar yaqin kunlarda kelishuvga erisha olishlariga ishonishmoqda - muzokaralar "non-stop" rejimida davom etmoqda. Futbolchining o‘zi allaqachon "shaharliklar" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan.

Qayd etilishicha, dastlab parijliklar italiyalik futbolchi uchun 45-50 mln yevro talab qilgan, biroq hozirgi vaziyatda uni arzonroqqa qo‘yib yuborishga to‘g‘ri kelishini tushunib turibdi.

Kiritildi: 22:54 25.08.2025. O'qildi: 857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!