Kecha, 19 yanvar kuni "Manchester Siti" "Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexi transferini rasman e’lon qildi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Angliya terma jamoasi futbolchisining "shaharliklar" safidagi maoshi bir mavsum uchun 18 million yevroni tashkil etadi. "Manchester Siti"da faqat hujumchi Erling Xoland ko‘proq maosh oladi. Uning maoshi bir mavsum uchun 31,5 million yevroni tashkil etadi.
"Manchester Siti" Mark Gexi transferi uchun 23 million yevro to‘ladi. Futbolchi "shaharliklar" bilan 2031 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi. Joriy mavsumda himoyachi klub miqyosida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.