Yarim himoyachi Ilkay Gyundogan va darvozabon Ederson tez orada "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin.
Germaniyalik va braziliyalikning amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi. "Shaharliklar" tarkibni yoshartirish bilan shug‘ullanmoqda va ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi transfer oynasida yoshi katta o‘yinchilarni qo‘yib yuborishga tayyor. Jurnalist Yag‘iz Sabunjuo‘g‘lining ma’lum qilishicha, 34 yoshli xavbek va 31 yoshli darvozabon Turkiyada jamoadosh bo‘lishi mumkin - ularning har ikkisi ham "Galatasaroy"ga o‘tishga qiziqish bildirmoqda.
Ilkay Gyundogan va Edersonning narxi Transfermarkt portali mutaxassislari tomonidan mos ravishda 5 va 20 mln yevroga baholanmoqda.