Ukrainaning dron hujumlari tufayli shuningdek, Rostov viloyatida poyezdlar harakatida kechikishlar kuzatilmoqda
Moskva meri Sergey Sobyaninning xabar berishicha, 20 iyul kuni kechasi va ertalab Rossiya Havo hujumidan mudofaa kuchlari Moskvaga yo‘nalgan 19 ta dronni urib tushirgan.
Uchuvchisiz qurilmalardan biri Zelenograddagi ko‘p qavatli uyga urilgan. Natijada bir xonadon zarar ko‘rgan. Shuningdek, dron parchalari tushishi oqibatida ikki avtomobil yonib ketgan.
Rossiya fuqarolik aviasiyasi agentligi (Rosaviasiya) ma’lumotiga ko‘ra, 19–20 iyul oralig‘ida Moskava aeroportlarida parvozlarning cheklanishi natijasida 134 ta samolyot zaxira aerodromlarga yo‘naltirilgan. 20 iyul kuni ertalab Kaluga aeroportida ham parvozlar cheklangan.
Shuningdek, shanba kuni kechqurun Rostov viloyatida ukrain dronlarining parchalari elektr tarmoqlariga zarar yetkazgani sababli Rossiyada 75 ta uzoq masofaga qatnovchi yo‘lovchi poyezdlar harakat kechikishlar kuzatilmoqda.