AQSh prezidenti Donald Tramp BRIKS mamlakatlariga qo‘shimcha boj soliqlari bilan tahdid qilib, agar ular AQShga qarshi yagona front tuzsa, bunday birlashuv “tezda tugatilishini” aytdi.
U BRIKSni dollarga tahdid qilishda aybladi va Vashington bu urinishlarni bosim bilan to‘xtatganini ta’kidladi. 6 iyul kuni u BRIKS mamlakatlariga nisbatan 10%lik boj joriy qilishni taklif qildi, agar ular “antiamerikancha siyosat”ni qo‘llab-quvvatlashsa.
Rossiya tomoni esa BRIKS dollarga qarshi emas, balki milliy valyutalarga asoslangan mustaqil hisob-kitob tizimini yaratish niyatida ekanini bildirdi. Bugungi kunda BRIKS bilan Rossiyaning to‘lovlarining 90%i rubl va boshqa milliy valyutalarda amalga oshiriladi.