"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Natan Ake xizmatiga "Inter", "Yuventus" va "Kristal Pelas" klublari qiziqish bildirmoqda. Ushbu klublar kelayotgan qishda 30 yoshli futbolchini sotib olish uchun kurash olib borishi mumkin. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "shaharliklar" Ake bo‘yicha 30-35 mln yevrolik takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Niderlandiyalik himoyachi "Manchester Siti" safida 2020 yil yozidan buyon to‘p tepib kelmoqda. Bu vaqt ichida Ake to‘rt marta Angliya Premyer-ligasida, shuningdek, Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. 30 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 22 mln yevroni tashkil etadi.