Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Manchester Siti" markaziy himoyachisiga da’vogar klub paydo bo‘ldi

"Manchester Siti" markaziy himoyachisiga da’vogar klub paydo bo‘ldi

"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Manuel Akanji faoliyatini "Galatasaroy"da davom ettirishi mumkin. Jurnalist Yag‘iz Sabunjuo‘g‘lining ma’lum qilishicha, turk klubi shveysariyalik futbolchi bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqqan, muzokaralar olib borilmoqda. 30 yoshli futbolchining vakillari shu hafta Istanbulga borib, hamkorlik shartlarini muhokama qilishadi.

Manuel Akanjining Transfermarkt portalidagi baholangan narxi - 28 mln yevro. Futbolchining "Manchester Siti" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Xabaringiz bor, "shaharliklar" posboni Edersonga ham aynan "Galatasaroy" da’vogarlik qilmoqda.

Kiritildi: 11:01 19.08.2025. O'qildi: 974 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!