Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Manchester Siti" markaziy himoyachisi klubdagi kelajagi haqida qaror qabul qildi

"Manchester Siti" markaziy himoyachisi klubdagi kelajagi haqida qaror qabul qildi

"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Manuel Akanji klubni tark etishni istamayapti.

30 yoshli futbolchini "Galatasaroy" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi va "shaharliklar" shveysariyalikni Turkiyaga qo‘yib yuborishga tayyor. Biroq, Football Insider xabariga ko‘ra, futbolchining o‘zi ketmoqchi emas - katta ehtimol bilan u istanbulliklar taklifini rad etadi.

Nufuzli Transfermarkt portali tomonidan Manuel Akanjining narxi 28 mln yevroga baholanmoqda, markaziy himoyachining shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Shuningdek, "Galatasaroy" "Manchester Siti"ning yana ikki futbolchisi - darvozabon Ederson va yarim himoyachi Ilkay Gyundoganga da’vogarlik qilmoqda.

Kiritildi: 09:35 25.08.2025. O'qildi: 772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!