Janubiy Afrikadagi Eron elchixonasi AQSh mudofaa vaziri Pit Xegsetning “Eron tosh davriga qaytishi mumkin” degan bayonotini masxara qildi.
Elchixona bayonotida:
“Tosh davrimi? Siz hali g‘orlarda olov izlayotganingizda, biz inson huquqlarini yaratayotgan edik”, — deyildi.
Shuningdek, Eron o‘zini qadimiy sivilizasiya sifatida ta’kidlab, Aleksandr Makedonskiy va mo‘g‘ullar bosqinidan omon qolganini eslatdi.
Bundan tashqari, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQShni “qisqa tarixga ega davlat” deb atab, ming yillik tarixga ega sivilizasiyaga tahdid qilayotganini qayd etdi.