Bugun 2 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Minglab yosh ukrainaliklar Finlyandiyani tark etmoqda. Nega?

Minglab yosh ukrainaliklar Finlyandiyani tark etmoqda. Nega?

Minglab yosh ukrainaliklar ish topishdagi qiyinchiliklar sababli Finlyandiyani tark etib, Ittifoqning boshqa davlatlariga ketishmoqda — Yle.

Evropadagi vaqtinchalik himoya muddati bir yildan kam vaqt ichida tugashi mumkin va qolish uchun ukrainaliklar har qanday yo‘l bilan ish topishga majbur. Biroq Finlyandiyada bu juda qiyin bo‘lib chiqdi.

Mamlakatda ishsizlik darajasi Yevropadagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, deyarli hamma joyda fin tilini bilish talab etiladi. Bundan tashqari, keyingi yil avgust oyidan boshlab Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlat talabalari uchun ta’lim pullik bo‘lishi mumkin.

"Afsuski, Finlyandiyadagi hayotim o‘xshamadi. Qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim, ammo bu mamlakat meni bu yerda xohlamayapti degan hisdaman", — deydi 25 yoshli Vladislava Onufriyenko. U to‘rtta tilni bilishi va barcha kerakli sertifikatlarga ega bo‘lishiga qaramay, olti oydan beri ish topa olmayapti.

Qurilish muhandisi Andrey Kaminskiy ham mamlakatni tark etishga qaror qilgan. "Hatto fermalarda ham fin tilini talab qilishmoqda, ingliz tilining o‘zi yetarli emas. Har hafta o‘nlab so‘rovlar yuboraman, lekin aksariyatiga hatto rad javobi ham kelmaydi", — deydi u.

Kiritildi: Bugun 17:15. O'qildi: 656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!