Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Manchester Siti" himoyachisi APLning boshqa klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi

"Manchester Siti" himoyachisi APLning boshqa klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi

Nikolo Skiraning fikricha, "Manchester Siti" himoyachisi Riko Lyuis "Nottingem Forest"ning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, "o‘rmonchilar" 20 yoshli himoyachiga 2030 yilgacha shartnoma taklif qilishgan. Manbaga ko‘ra, yosh iqtidor sohibi kelishuvga rozi bo‘lgan. "Nottingem Forest" vakillari hozirda "Manchester Siti" bilan transfer bo‘yicha kelishuvga erishish uchun bor kuchini sarflamoqda.

Riko Lyuis - "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi. U asosiy tarkibda 95 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt ekspertlari Lyuisning narxini 40 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 23:20 18.08.2025. O'qildi: 1132 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!