Bugun 7 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Manchester Siti» «Chelsi» bilan o‘yinda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Husanov ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi

«Manchester Siti» «Chelsi» bilan o‘yinda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Husanov ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi

Angliya Premyer-ligasi-2025/2026 yilgi mavsumi 20-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Chelsi" uchrashuvi yakuniga yetdi. Bahsda 1:1 hisobi qayd etildi.

42-daqiqada Tidjani Reynders "shaharliklar"ni hisobda oldinga olib chiqdi. 90+4-daqiqada Enso Fernandes javob golini urdi.

"Shaharliklar"ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov 51-daqiqada jarohat olgan Yoshko Gvardiol o‘rniga maydonga tushdi.

Ushbu o‘yindan so‘ng "Manchester Siti" 42 ochko bilan APL turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. "Chelsi" 31 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda.

Keyingi turda "shaharliklar" 7 yanvar kuni o‘z maydonida "Brayton"ni qabul qiladi, "ko‘klar" shu kuni "Fulxem" bilan kuch sinashadi.

Manchester Siti - Chelsi - 1:1

Gollar: Reynders, 42 (1:0). Fernandes, 90+4 (1:1)

Manchester Siti: Donnarumma, Ruben Diash (Ake, 81), Gvardiol (Abduqodir Husanov, 51), O`Rayli, Mateus Nunes, Rodri, Reynders (Doku, 70), Bernardu Silva, Sherki, Foden, Xolann

Chelsi: Yergensen, Badiashile, Chaloba, Gyusto, Achimpong (Xato, 62), Fernandes, Djeyms, Palmer, Pedru Netu, Estevan (Santos, 46), Joao Pedro (Delap, 62)

Ogohlantirishlar: Ruben Diash, 54. Mateus Nunes, 79. Bernardu Silva, 90 - Djeyms, 52. Delap, 79. Fernandes, 90

Kiritildi: 06:30 05.01.2026. O'qildi: 945 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!