Bugun 17 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

«Manchester Siti» «Barselona»ning Rodri bo‘yicha taklifini qabul qildi - Manba

«Manchester Siti» «Barselona»ning Rodri bo‘yicha taklifini qabul qildi - Manba

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Ernandes faoliyatini «Barselona»da davom ettiradi.

Tomonlar ispaniyalik futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda taniqli insayder Fabrisio Romano. Angliya klubi kataloniyaliklarning oxirgi taklifini qabul qildi va transferga yakuniy rozilikni berdi.

Shu tariqa, bir necha haftadan beri davom etayotgan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi.

Rodri 2019 yildan beri «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U «shaharliklar» tarkibida Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan va to‘rt marta Angliya chempioni bo‘lgan. 2024 yilda ispaniyalik yarim himoyachi «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: Bugun 11:14. O'qildi: 222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!