Pep Gvardiola mavsumning ikkinchi qismidagi yevrokubok o‘yinlari uchun Abduqodir Husanovni ham «zayavka»dan o‘tkazgan. Shuningdek, yangi o‘yinchilardan Omar Marmush va Niko Gonsales ham UYEFAga topshirilgan ro‘yxatdan joy oldi. Qishki transferlardan Vitor Reys va Klaudio Echchiveri esa bu tarkibga kiritilmadi. Jarohatidan tuzalmagan Rodri ham ro‘yxatga qo‘shilgan.
Shu tariqa, Abduqodir Husanov «Siti»ning «Real»ga qarshi 11 fevral kungi o‘tish o‘yinida maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Javob uchrashuvi 19 fevralda Madridda bo‘lib o‘tadi.
"Manchester Siti" rasmiy sayti Chempionlar ligasi joriy mavsumining ikkinchi qismi uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Quvonarlisi, qishda "Lans"dan "Manchester Siti"ga o‘tgan Abduqodir Husanov ham ushbu qaydnomaga kiritildi.
"Manchester Siti"ning UYEFA Chempionlar ligasi uchun qaydnomaga kiritgan futbolchilar ro‘yxati:
Darvozabonlar: Ederson, Ortega, Karson.
Himoyachilar: Akanji, Ake, Diash, Stouns, HUSANOV, Gvardiol.
Yarim himoyachilar: Niko, Gyundogan, Grilish, De Bryuyne, Bernardu, Rodri, Kovachich, Nunyesh, MakAti, Foden, Doku, Savinyo.
Hujumchilar: Xoland, Marmush.