Hozirda Tehronning "Istiqlol" klubi sharafini himoya qilayotgan O‘zbekiston terma jamoasi vingeri Jaloliddin Masharipov kelasi mavsumni Superliganing yangi chempioni "Neftchi" tarkibida o‘tkazishi mumkin. Bu haqda TopPodcast telegram-kanali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi farg‘onaliklar bilan muzokaralar o‘tkazgan. Katta ehtimol Masharipov "yo‘lbarslar" jamoasiga kelishi mumkin. Faqat futbolchi Islom Ismoilov bilan birga ishlashni istaydimi yoki yo‘q, bu bahsli masala.
Bundan tashqari juda ko‘plab yetakchilar Islom Ismoilovni jamoa boshqaruviga nega kelayotganini tushunishmayapti.
Masharipovning Eron grandi bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. U hozirda jarohati xochsimon bog‘lam jarohatini davolamoqda.