Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Manba "Barsa"ning qishdagi ilk transferi deyarli hal bo‘lganini ta’kidladi

Manba "Barsa"ning qishdagi ilk transferi deyarli hal bo‘lganini ta’kidladi

"Barselona" "Al-Hilol" himoyachisi Joau Kanselu transferini rasmiylashtirishga yaqin turibdi.

Kataloniya klubi futbolchini ijaraga olish bo‘yicha muzokaralarda oldinga siljimoqda. Janluka Di Marsioning ma’lum qilishicha, tomonlar bitimni kelishishning yakuniy bosqichida. Qayd etilishicha, Kanseluning o‘zi "Inter" qiziqish bildirayotganiga qaramay, "Barselona"ga qaytishni birinchi o‘ringa qo‘ygan va aynan futbolchining pozisiyasi hal qiluvchi bo‘lgan.

Joriy mavsumda 31 yoshli portugaliyalik 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 10 mln yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 23:40 05.01.2026. O'qildi: 651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!