Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Mana bumasa: Tramp Rossiya neftini xarid qilayotganlarga 100 foizlik boj joriy qiladi

Mana bumasa: Tramp Rossiya neftini xarid qilayotganlarga 100 foizlik boj joriy qiladi

Tramp Rossiya neftini xarid qilayotganlarga 100 foizlik boj joriy qiladi – AQSh senatori Lindsi Grem

Uning so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp Vladimir Putinga qarshi qattiq choralar ko‘radi, jumladan, Rossiya neftini xarid qilayotgan davlatlarga 100 foizlik boj joriy etadi.

"Putin, sening navbating yaqinlashmoqda. Prezident Tramp senga qarshi keskin choralar ko‘radi. U Rossiya neftini sotib oluvchilarga, jumladan, Xitoy, Hindiston va Braziliyaga boj qo‘ymoqchi. Bu uch davlat Rossiya arzon neftining taxminan 80 foizini sotib olmoqda. Shuning uchun ham Putinning “harbiy mashina”si hali ham ishlamoqda. Putin sanksiyalardan qo‘rqmaydi, u rus askarlarini o‘limini ham inobatga olmayapti. Ammo Xitoy, Hindiston va Braziliya yaqin orada muhim tanlov oldida qoladi — AQSh iqtisodiyoti yoki Putinga yordam. Menimcha, ular AQSh iqtisodini tanlaydi”, — dedi Grem.

Eslatib o‘tamiz, Tramp Putinga Ukraina bo‘yicha kelishuvni imzolashi uchun 50 kun vaqt bergan va aks holda yangi sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qilgandi. Bu muddatning bir haftasi allaqachon o‘tib bo‘ldi.

Kiritildi: 20:46 21.07.2025. O'qildi: 963 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!