"Nyukasl" Valentino Livramentoning "Manchester Siti"ga o‘tishini istamayapti.
22 yoshli himoyachi "shaharliklar"ning transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi. "Siti" uning uchun 65 million funt berishga tayyor, deb yozadi The Times.
"Qarg‘alar" Livramentoni qo‘yib yubormoqchi emas va uni jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylantirish niyatida.
O‘tgan mavsumda Valentino APLda 37 ta o‘yinda maydonga tushdi.