Bugun 16 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Mamlakatimizga olib kelingan 21 kg narkotik musodara qilindi

Mamlakatimizga olib kelingan 21 kg narkotik musodara qilindi

❗️ Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Chegara qo‘shinlari hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

1️⃣ Xususan, Andijon shahrida yashovchi, 1985 va 1989 y.t. ikki nafar fuqaro “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasining Namangan viloyati Uychi tumani “Yangiyer” MFY hududidan o‘tuvchi qismida harakatlanayotgan vaqtlarida to‘xtatib tekshirildi.

Natijada, ularning yonida bo‘lgan yuk sumkasi ichida 19 kg 169 g “gashish” moddasi borligi ma’lum bo‘lib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, narkotikni olib ketish uchun yordamlashish maqsadida kelgan vaqtida, ularning 1990 y.t. hamshahari ham ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, qonunbuzarlar qirg‘izistonlik narkosavdogar bilan til biriktirib, ushbu ajal og‘usini kelgusida sotish maqsadida mamlakatimiz hududiga kontrabanda qilganliklari ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

2️⃣ DXX va IIO xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan boshqa tezkor tadbirda esa Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1990 y.t. muqaddam sudlangan ayol hozirda shaxsiga aniqlik kiritilayotgan fuqarodan 200 mln so‘mga sotib olishga kelishib, u tomonidan matolar orasiga yashirgan holda Marg‘ilon shahridan yo‘lovchi mashinada yuborilgan 1 kg 953 g “gashish” moddasini qabul qilib olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:10. O'qildi: 257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!