Mamlakat rasmiylari o‘tgan haftada "Al-Qoida"ga aloqador jangarilar va ayirmachi tuareg isyonchilari tomonidan mamlakat bo‘ylab armiya bazalariga uyushtirilgan hujumlarda ishtirok etganlikda gumon qilinayotgan askarlar ustidan tergov olib bormoqda. Bu haqda sud idorasi vakili ma’lum qildi.
Bamako harbiy tribunali prokurorining juma kuni kechqurun davlat televideniyesi orqali o‘qib eshittirilgan bayonotiga ko‘ra, gumonlanuvchi sheriklar ro‘yxatiga uch nafar amaldagi harbiy xizmatchi, bir nafar iste’fodagi harbiy va mamlakatning asosiy harbiy bazasi — poytaxt Bamakodan 15 km uzoqlikdagi Kati shahri yaqinidagi janglarda halok bo‘lgan bir sobiq askar kiritilgan.
"Dastlabki hibsga olishlar muvaffaqiyatli amalga oshirildi va hozirgi vaqtda qolgan barcha jinoyatchilar, ishtirokchilar va sheriklarni qidirish ishlari faol davom ettirilmoqda", — deyiladi bayonotda. Biroq, qancha gumonlanuvchi aniqlangani va aynan kimlar hibsga olinganiga aniqlik kiritilmagan.