Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Maldivda sayyohlarga ham chekish taqiqlandi

Maldivda sayyohlarga ham chekish taqiqlandi

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, 1 noyabrdan boshlab Maldiv orollarida butun bir avlod uchun tamaki taqiqi kuchga kirdi. Yangi qoidaga ko‘ra, 2007 yil 1 yanvar yoki undan keyin tug‘ilganlarga Maldiv orollarida har qanday tamaki mahsulotlarini sotib olish, iste’mol qilish yoki sotish taqiqlanadi. Shu yo‘l bilan chekishdan xoli avlodni shakllantirish ko‘zlanmoqda.

Maldiv Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, ushbu taqiq mamlakatga tashrif buyuruvchi xorijliklarga ham taalluqli.

Voyaga yetmaganlarga tamaki sotish 50 ming rufiy (taxminan 2800 yevro), elektron sigaretalardan foydalanish esa 5 ming rufiy (280 yevro) miqdorida jarima bilan jazolanadi.

Bunga o‘xshash taqiqni birinchi bo‘lib Yangi Zelandiya joriy etgan edi, ammo bir yildan kamroq vaqt o‘tgach, mamlakatning yangi hukumati soliqlarni kamaytirish imkoniyati uchun byudjetga pul olish maqsadida cheklovlarni bekor qilgandi. Tamakini cheklash bo‘yicha me’yorlar hozirda Buyuk Britaniyada ham ishlab chiqilmoqda.

Kiritildi: 23:25 01.11.2025. O'qildi: 1101 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!