Maldiv orollari tashqi ishlar vaziri Abdulla Shahid Male SHHTga kirish masalasini o‘rganish niyatida ekanini aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.
Tashqi ishlar vaziri orol davlati joriy yilda muloqot bo‘yicha hamkorga aylanganini qo‘shimcha qildi.
«Muloqot bo‘yicha hamkor sifatida biz o‘zaro aloqani boshlaymiz va voqealar rivoji bilan biz bu masala bo‘yicha qaror qabul qilamiz», dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Maldiv orollari 1965 yil iyul oyida Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishgan. Iqtisodiyotning asosiy tarmog‘i turistlarga xizmat ko‘rsatish bo‘lib, mamlakat yalpi ichki mahsulotining 28% ni tashkil etadi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 14,5 milliard dollarni tashkil etadi.