Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Maldiv Eron bilan diplomatik munosabatlarini tikladi

Maldiv Eron bilan diplomatik munosabatlarini tikladi

Maldiv oroli hukumati Eron bilan diplomatik munosabatlarni tiklashga qaror qildi, deb xabar tarqatdi mamlakat tashqi ishlar vazirligi.

Bayonotda keltirilishicha, Maldiv Respublikasi hukumati Saudiya Arabistoni bilan Eron o‘rtasida diplomatik munosabatlarni qayta tiklash haqida erishilgan bitim bo‘yicha Saudiya Arabistoni, Eron va Xitoy birgalikda qabul qilgan uch tomonlama qo‘shma bayonotni qo‘llab-quvvatlaydi.

“Ushbu ijobiy va umid uyg‘otuvchi voqea munosabati bilan Maldiv oroli hukumati ham Eron Islom Respublikasi bilan diplomatik munosabatlarni qayta tiklashga qaror qiladi”, – deyiladi bayonotda.

Maldiv davlati Eron bilan siyosiy munosabatlarni 2016 yil 17 mayda sobiq prezident Abdulla Yamin boshqaruvi paytida uzgan edi.

Kuni kecha Xitoy vositachiligida Saudiya Arabistoni bilan Eron Islom Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar qayta tiklandi.

Kiritildi: 18:17 14.03.2023. O'qildi: 1193 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!