Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Malayziyaning uchta yirik aviakompaniyasi Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni muhokama qiladi

Malayziyaning uchta yirik aviakompaniyasi Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni muhokama qiladi

Malayziyaning uchta yirik aviakompaniyasi Moskvaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni muhokama qilish jarayonida, mamlakat rossiyalik sayyohlarni kutmoqda.

Bu haqda Malayziya turizm agentligining Rossiya bo‘limi direktori o‘rinbosari Zulkifli bin Muhammadga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Malaysia Airlines, AirAsia va MACwings hozirda Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni muhokama qilish jarayonida, dedi u.

"Rossiya bozori biz uchun juda jozibador", deb ta’kidladi bin Muhammad.

Uning qo‘shimcha qilishicha, MIR kartasi Malayziyada hali qabul qilinmagan, biroq bu borada muzokaralar davom etmoqda.

Kiritildi: 20:54 19.03.2023. O'qildi: 1201 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!