Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Malayziyada kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari 12 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Malayziyada kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari 12 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Malayziyada kuchli yog‘ingarchilik natijasida yuzaga kelgan suv toshqini 12 nafar insonning vafotiga sabab bo‘ldi.

Bernama agentligining xabar berishicha, 12 sentyabrda boshlangan yomg‘ir butun mamlakat hududida toshqinlarni keltirib chiqargan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Sabax shtatida suv toshqinlari oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan, yana 12 kishi bedarak yo‘qolgan. Ularning yo‘qolishiga sel suvlari sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Shuningdek, Sabaxda 2 468 kishi xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan. Perak shtatidan esa 397 nafar aholi evakuasiya qilingan.

Bundan tashqari, rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, Selangorda 146 kishi, Negeri Sembilanda 74 kishi suv toshqinlari sababli vaqtinchalik xavfsiz hududlarga joylashtirilgan.

Kiritildi: 15:42 16.09.2025. O'qildi: 636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!