Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Malayziya qirg‘oqlarida migrantlar qayig‘ining cho‘kib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Malayziya qirg‘oqlarida migrantlar qayig‘ining cho‘kib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Malayziya qirg‘oqlarida cho‘kib ketgan muhojirlar qayig‘i qurbonlari soni 13 nafarga yetdi. O‘nlab bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlari davom etmoqda.

Malayziya Dengiz mudofaa agentligi (MMEA) ma’lumotlariga ko‘ra, Rohinja musulmonlarini olib ketayotgan qayiq cho‘kib ketganidan keyin keng ko‘lamli qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, muhojirlar avval Myanmadan Malayziyaga yo‘l olgan 300 ga yaqin odamni olib ketayotgan katta kemada bo‘lishgan. Keyin ularni uchta kichikroq qayiqqa o‘tkazishgan.

Taxminan 70 nafar odam bo‘lgan qayiqlardan biri cho‘kib ketgan. Qutqaruvchilar hozirgacha 13 nafar halok bo‘lganlarning jasadini suvdan chiqarishgan. Yana 13 kishi qutqarilgani aytilmoqda, ammo rasmiylar qurbonlar soni ortishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Qolgan 230 nafar muhojirning taqdiri hanuz noma’lum.

Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, ayniqsa Myanma va Bangladeshdan kelayotgan muhojirlar, ko‘pincha xavfli dengiz yo‘llari orqali safar qilishga majbur bo‘lishadi.

Kiritildi: 15:46 10.11.2025. O'qildi: 1765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!