Siyosatchi Isroilning Qatar poytaxtiga qilgan havo hujumlarini keskin qoralab, buni «hudud xavfsizligiga tahdid soluvchi beaqlcha provokasiya» deb atadi.
«G‘azo ko‘z o‘ngida yo‘q qilinyapti. Uning xalqi mislsiz vayronalikni boshidan kechirmoqda: oilalar yer yuzidan o‘chirilyapti, shifoxonalar vayron bo‘lgan, bolalar vayrona ostidan chiqarilayapti», — dedi u.
Anvar Ibrohimga ko‘ra, Isroilning Falastin davlatini tanihishdan bosh tortgani — bu «doimiy aparteid e’loni» va BMT rezolyusiyalari hamda xalqning o‘z taqdirini belgilash huquqini inkor etish demakdir.
U Sumud flotiliyasini qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi:
«Bu — rahm-shafqat missiyasidir va biz uni manziliga yetib borishi uchun barcha harakatni qilishimiz kerak», — dedi u.
Anvar Ibrohim ta’kidlashicha, faqat bayonotlar bilan cheklanib bo‘lmaydi:
«Qoralashlar raketa yog‘dirani to‘xtatmaydi, deklarasiyalar Falastinni ozod qilmaydi. Qat’iy choralar ko‘rish kerak: diplomatik va savdo aloqalarini to‘xtatish lozim», — deb xulosa qildi Malayziya bosh vaziri.