Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Maktabgacha va maktab ta’limi vakillarining noqonuniy harakatlari fosh etildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vakillarining noqonuniy harakatlari fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda shahar IIBB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Olmazor tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, unga mansabdor tanishlari orqali Shayxontohur tumanida joylashgan 4 ta umumta’lim maktabining futbol maydonlarini auksion orqali ijaraga olib berish evaziga 8500 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda MTT rahbariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa holatda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tumanlardan birining maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, mazkur bo‘lim bosh mutaxassisi bilan o‘zaro til biriktirgan holda, maktabda faoliyat yurituvchi o‘qituvchini tumandagi maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari lavozimiga tayinlanishida yordam berish evaziga undan 15 mln. so‘m talab qilib, ushbu pul mablag‘ini bosh mutaxassis orqali olgan vaqtida DXX, IJQKD va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:05 27.03.2025. O'qildi: 1236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!