Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Maktabga qayiqda qatnaydigan bekabodlik o‘quvchi-qiz endi har kuni daryoni kechib o‘tmaydi

Maktabga qayiqda qatnaydigan bekabodlik o‘quvchi-qiz endi har kuni daryoni kechib o‘tmaydi

O‘tgan 2022 yilning dekabr oyi oxirlarida maktabga borish uchun Sirdaryoni suzib o‘tayotgan qizaloq haqida ko‘p yozildi. Kimdir qizning jasoratiga tasanno aytgan bo‘lsa, o‘n ikki yoshli qizning yolg‘iz qayiq boshqarishiga yo‘l qo‘yishgani uchun ota-onasini, mas’ullarni e’tiborsizlikda ayblaganlar ham topildi.

O‘shanda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev internet tarmog‘ini "portlatgan" holat ishtirokchisi, asli bekobodlik Zamira To‘ychiyevaning maktabiga borib, unga noutbuk va kitoblar sovg‘a qilgan, onasi bilan suhbati chog‘ida qizaloqning puxta bilim olishi uchun barcha yordamni ko‘rsatishini aytgandi.

Buni qarangki, endilikda qizaloq har kuni daryoni kechib maktabga bormaydi. Viloyat hokimining taklifiga ko‘ra qahramonimiz yangi o‘quv yilidan boshlab Guliston Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida akademik eshkak eshish yo‘nalishida o‘qishni davom ettiradigan bo‘ldi.

Markazda yotoqxona va 4 mahal bepul ovqat bilan ta’minlanadi. Shuningdek, bo‘sh vaqtlarida unga "Yoshlar markazi"da dasturlash hamda IT-sohasini o‘rganishi uchun sharoit yaratib beriladi.

Kiritildi: 14:13 30.05.2023. O'qildi: 2407 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!