🏫Maktabda koronavirus aniqlangan o‘qituvchilar shaxsi sir saqlanishi to‘g‘rimi? Faqat o‘sha o‘qituvchilar izolyasiya qilinsa, ular bilan aloqada bo‘lganlar nima qilishadi?
Nurmat Otabekov, SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi:
🦠- Maktab o‘qituvchilari orasida kasallik aniqlanganlar 14 kunga izolyasiya qilinib, muolajalar buyuriladi.
😷Ular bilan doimiy muloqotda bo‘lgan o‘qituvchilar surishtirish davomida aniqlanib, ular ham uy sharoitida izolyasiya qilinadi.
❗️Kasallik aniqlangan o‘qituvchilarning shaxsi bilan bog‘liq ma’lumotlar tibbiyot siri hisoblanadi.