Bugun 21 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Maktab o‘quvchilarining 66 foizida ko‘z nuri pasaygan

Maktab o‘quvchilarining 66 foizida ko‘z nuri pasaygan

Tibbiy statistika ma’lumotlariga ko‘ra, maktab yoshidagi bolalarning taxminan 66 foizi ko‘rish bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. Bu holatlar o‘quv jarayonidagi qiyinchiliklar, bosh og‘rig‘i, charchoq va diqqatni jamlay olmaslikorqali namoyon bo‘lishi mumkin.

Maktab yoshidagi bolalar uchun ko‘zoynak tanlashda yuz berishi mumkin bo‘lgan xatolar ko‘p hollarda mavjud muammoning yanada kuchayishiga olib keladi. Quyida eng muhim jihatlar keltirilgan:

1. Aniq tashxis

Optikani dastlabki tanlashda olingan ko‘rish qiymatlari har doim ham ko‘zning haqiqiy holatini to‘liq aks ettirmasligi mumkin. Shu bois, bolani oftalmologko‘rigidan o‘tkazish shart. Faqat shifokorgina aniq tashxis qo‘yib, bola uchun mos linza dioptriyasini belgilay oladi.

2. "Zaifroq" ko‘zoynakni tanlash xatosi

Ba’zi shifokorlar va ota-onalar ko‘zlar "ishlash"ni unutmasligi uchun dioptriyasi zaifroq bo‘lgan ko‘zoynak tanlashni ma’qul deb hisoblashadi. Lekin bunihoyatda noto‘g‘ri yondashuv. Bunday ko‘zoynaklar ko‘rishni to‘liq to‘g‘rilamaydi, natijada bola ko‘rishga harakat qilganda ko‘zlar ortiqcha zo‘riqadi, charchoq va bosh og‘rig‘i paydo bo‘lishi mumkin.

3. Bolaning yoshi va faoliyatini hisobga oling

Ko‘zoynak tanlayotganda bolaning yoshi, jismoniy faolligi, darsdagi faol ishtiroki kabi omillar ham hisobga olinishi kerak. Masalan, juda faol bolalar uchun mustahkam, sinmaydigan materialdan tayyorlangan opravatavsiya etiladi.

4. Ko‘zoynak kiyishga moslashish davri

Yangi ko‘zoynakka ko‘nikishga bolaga vaqt kerak bo‘ladi. Agar ko‘rish bilan bog‘liq noqulayliklar (masalan, ko‘z og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘rishda xiralik) bir necha kun ichida o‘tib ketmasa, shifokorga murojaat qilish lozim.

Kiritildi: 06:26 19.08.2025. O'qildi: 621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!