Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Maktab bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtlariga kirish o‘rtacha ball ko‘rsatkichi oshdi

A A A
Maktab bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtlariga kirish o‘rtacha ball ko‘rsatkichi oshdi

Maktab bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtlariga kirish o‘rtacha ball ko‘rsatkichi besh yilda 69,8 balldan 78 ballga oshdi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, maktab bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtlariga kirish o‘rtacha ballari so‘nggi besh yilda 69,8 baldan 78 ballga oshganligini ko‘rishimiz mumkin (2020 yilda 69,8 ball, 2021 yilda 74,9 ball, 2022 yilda 75,8 ball, 2023 yilda 76,1 ball, 2024 yilda 78 ball).

Ahamiyatli jihati, 2024 yilgi abituriyentlarga tegishli o‘rtacha ball 70,8 ni tashkil etgani holda, joriy yil maktab bitiruvchilarining o‘rtacha bali umumiy ko‘rsatkichdan 7,2 ball yuqori.

Maksimal ballning 75 foizidan yuqorisini (141,75 + ball) egallagan 41 009 nafar abituriyentning 32 949 nafari (80%) aynan joriy yildagi maktab bitiruvchilaridir.

Albatta, bizga bundan ham yuqori ko‘rsatkichlar kerak. Muhimi, raqamlarda ijobiy siljish bor. Hurmatli ustozlar va ota-onalar, kelgusi yillarda natijalar bundan-da yaxshi bo‘lishi uchun farzandlarimiz ta’limiga e’tiborni yanada kuchaytirishimiz zarur, deydi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova.

Kiritildi: 15:23 30.07.2024. O'qildi: 1179 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!