Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Maktab bitiruvchilari elektron shahodatnomani 20 iyundan yuklab olishi mumkin

Maktab bitiruvchilari elektron shahodatnomani 20 iyundan yuklab olishi mumkin

Maktab bitiruvchilari shahodatnomani 20 iyundan e-shahodatnoma.uz axborot tizimi orqali onlayn tarzda yuklab olishi mumkin. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

11-sinf maktab bitiruvchilarining shahodatnoma ma’lumotlari Bilim va malakalarni baholash agentligining oliy ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha elektron platformasiga integrasiya qilingan.

Shu bois oliy ta’lim muassasalariga elektron hujjat topshirish jarayonida bitiruvchining shahodatnoma ma’lumotlari avtomatik tarzda taqdim etiladi. Bitiruvchilar shahodatnomani shaxsan taqdim etishiga ehtiyoj yo‘q.

e-shahodatnoma.uz elektron platformasiga quyidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari 11-sinf bitiruvchilarining shahodatnoma ma’lumotlari kiritilgan:

- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari;

- Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar;

- Yoshlar siyosati va sport vazirligi tasarrufidagi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari;

- Nodavlat ta’lim tashkilotlarining 11-sinf bitiruvchilari.

Akademik lisey va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining diplom ma’lumotlari Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining elektron tizimiga kiritiladi.

Elektron shahodatnomani yuklab olishga oid qo‘llanma bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, joriy o‘quv yilida umumta’lim maktablarini 390 mingdan ortiq bitiruvchi tamomlaydi.

Kiritildi: 10:38 20.06.2023. O'qildi: 1035 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!