Italiyada Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yangi Rim papasi sayloviga ta’sir o‘tkazish va Sant’Egidio harakati bilan aloqalar orqali taxtga o‘z nomzodini "ilgari surish"ga urinishda gumon qilinmoqda.
Bu haqda Le Monde nashri yozmoqda.
Qayd etilishicha, Makronning Rimda Papa Fransisk vafotidan keyin fransuz kardinallari va Sant’Egidio rahbari bilan uchrashuvi shubha uyg‘otgan.
Harakatning ehtimoliy nomzodi - kardinal Dzyuppi.
O‘z navbatida, Sant’Egidio Makron jarayonga shunchaki qiziqish bildirayotganini, biroq aralashmayotganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Rim papasi Fransisk 21 aprel kuni vafot etdi.
Vatikanda yangi pantifikni saylash uchun konklav 7 may kuni bo‘lib o‘tadi.