AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya diktatori Vladimir Putinning tinchlikka tayyorlik haqidagi so‘zlari yolg‘on ekanini tushunib etdi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron shu fikrni bildirdi, deya xabar bermoqda Guardian.
Vetnamga diplomatik tashrif bilan borgan Makrondan Rossiyaning Ukrainaga so‘nggi hujumlari haqida fikr so‘rashdi.
Fransuz rahbari AQSh prezidenti "Vladimir Putinning Ukraina masalasidagi ayrim yolg‘onlarini anglab yetganini" ta’kidladi. U "Trampning Putinga qarshi g‘azabi" munosib harakatlarga aylanishiga umid bildirdi.
Ehtimol, Fransiya prezidenti AQSh va Yevropa Ittifoqining Rossiya Federasiyasiga qarshi kiritishi mumkin bo‘lgan sanksiyalarni nazarda tutgan.