Emmanuel Makronning samolyoti 25 may kuni Vyetnamga qo‘ngandan so‘ng, prezident trapga chiqishidan avval yuziga tarsaki yegani videoga tushib qolgan. Samolyotdan tushish paytida Brijit Makronning kiyimiga qarab, tarsakini aynan u berganini bilish mumkin.
Fransiyaning BFM RMC nashrining yozishicha, Yelisey saroyi bu video haqiqiy ekanini tasdiqlagan. Shuningdek, nashrga ko‘ra, Makronning rafiqasi zinadan tushish vaqtida unga qo‘l berishdan bosh tortgan.
"Prezidentning yaqin do‘stlaridan biri er-xotin o‘rtasida kichik janjal bo‘lganini aytdi", — deb yozadi Le Figaro.