Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron neft bozoridagi vaziyat Parijning Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha pozisiyasiga ta’sir qilmasligini ma’lum qildi.
«Neft narxining ko‘tarilishi hech qanday holatda bizni Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bo‘yicha o‘z pozisiyamizni o‘zgartirishga majbur qilmasligi kerak», — dedi u Vladimir Zelenskiy bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida.