Bugun 9 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Makron hukumatga Jazoirga nisbatan keskinroq munosabatda bo‘lishni buyurdi

Makron hukumatga Jazoirga nisbatan keskinroq munosabatda bo‘lishni buyurdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron hukumatga Jazoirga nisbatan keskinroq munosabatda bo‘lishni buyurdi.

Bu haqda Makronning Fransiya bosh vaziri Fransua Bayruga yo‘llagan maktubida ma’lum qilgan.

Prezident, shuningdek, 2013 yilda imzolangan, ikki davlat o‘rtasidagi viza rejimini soddalashtirgan kelishuvni to‘xtatib qo‘yishni talab qildi.

"Xizmat va diplomatik pasport egalari uchun vizasiz sayohat to‘g‘risidagi 2013 yilgi kelishuv to‘xtatilishi kerak", - dedi Fransiya rahbari.

Eslatib o‘tamiz, bu qaror Parij va Jazoir o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgani fonida qabul qilingan.

Kiritildi: 11:35 07.08.2025. O'qildi: 646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!