Uning ta’kidlashicha, hozirgi geosiyosiy vaziyatda AQSH, Xitoy va Rossiya Yevropa uchun murakkab pozisiyada turibdi.
Makron bu haqda Gresiya bosh vaziri Kiriakos Misotakis bilan Afinada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi davr Yevropa uchun “uyg‘onish pallasi” hisoblanadi.
“AQSH, Rossiya va Xitoy rahbarlari Yevropaga nisbatan murakkab pozisiyada turibdi. Shu sabab Yevropa o‘z siyosatini qayta ko‘rib chiqishi kerak”, — dedi Makron.
U Yevropa davlatlarini birlashishga, mustaqil siyosiy yo‘nalishni kuchaytirishga va o‘z manfaatlarini faol himoya qilishga chaqirdi.
Makronning fikricha, AQSh bilan munosabatlardagi keskinlik faqat hozirgi prezidentlik davri bilan cheklanib qolmaydi va uzoq muddatli tendensiya bo‘lib qolishi mumkin.